Yangilanish sanasi: 06.01.2021, 16:45

Matbuot xizmati

"HUMO" to'lov tizimining savdo terminallari foydalanuvchilari diqqatiga

25.12.2020

"HUMO" to'lov tizimining savdo terminallari orqali amalga oshirilgan to'lovlarni to'g'ri hisobga olishni, shuningdek ular bo'yicha o'zaro hisob-kitoblarni o'z vaqtida amalga oshirishni tashkil etish maqsadida, natijalarni har kuni tekshirish zarurligiga e'tiboringizni qaratishingizni so'raymiz.

Ushbu zaruriat to'lovlar to'g'risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash uchun to'lov tizimiga o'tkazish uchun kerak bo'lib, o'tkazilgan savdo operatsiyalari bo'yicha mijozlar bilan o'zaro hisob-kitoblarni o'z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi. Yuqoridagilarni, shuningdek moliyaviy yil yaqinlashishini hisobga olib, natijalarni har kuni "HUMO" to'lov tizimining savdo terminallarida tekshirishingizni so'raymiz.