Yangilanish sanasi: 19.05.2021, 18:11

Matbuot xizmati

“Tenge Bank” ATB O’zbekistonda o’z 2 yilligini nishonlamoqda

18.05.2021

2021-yilning 18-mayida “Tenge Bank” ATB O’zbekiston bozorida Bank ochilganligining 2 yilligini nishonlamoqda.

“Tenge Bank” aksiyadorlik tijorat banki – “Qozog’iston Xalq Banki” (Halyk Bank) AJ ning sho’ba korxonasi bo’lib, barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi, o’z faoliyatini 2019-yilning may oyida boshlagan bo’lib va hozirga kunga kelib O’zbekiston bozorida 2,4 trln so’m dan ortiq aktivlar, 1,37 trln so’m kredit portfeli (tadbirkolarni va aholini kreditlash) va Toshkent va mamlakatning boshqa viloyatlarida mijozlarga xizmat ko’rsatiladigan 8 ta bo’lim bilan o'z o'rnini egalladi.

Bankning o'rta muddatli rivojlanish strategiyasini hisobga olgan holda, 2021-yilning mart oyida yagona aksiyador tomonidan ustav kapitalining ikkinchi qo'shimcha o'sishi amalga oshirildi va bugungi kunda 1,15 trillionga so’mga yetdi.

2020-yilning iyul oyida Moody's Xalqaro reyting agentligi tomonidan “Tenge Bank” ATB ga milliy valyutadagi omonatlarning uzoq muddatli reytingi B1 darajasida va chet el valyutasida B2 darajasida reyting berildi. Reyting bo’yicha ko’rsatkich – "barqaror". 2021-yilning martida esa Best Bank Awards 2021: Uzbekistan kategoriyasida yillik tanlov natijalariga ko’ra, Asiamoney xalqaro moliya nashrining mutaxassislari “Tenge Bank” ATB ni “O’zbekistonning eng yaxshi xorijiy banki” nominatsiyasining g’olibi deb tan oldi (Best Foreign Bank – Uzbekistan 2021).

Bank nafaqat poytaxtda, balki viloyatlarda ham o'z ishtirokini kengaytirmoqda. Shunday qilib, 2020-yil noyabr oyida "Tenge Bank" ATB Farg'ona shahridagi barcha mijozlar uchun, keyin 2020-yil dekabr oyida Samarqand shahri markazida o'z eshiklarini ochdi.

Qisqa muddatga qaramay, Tenge Bank aholi va tadbirkorlar orasida taniqli va ommabop bo'ldi. Bank o'z kredit mahsulotlarini investitsiya loyihalarini amalga oshirish, aylanma mablag'larni to'ldirish, hujjatli operatsiyalar va jismoniy shaxslar uchun iste'mol kreditlarini faol ravishda taklif etadi. Ushbu davr mobaynida kichik, o'rta va korporativ biznes subyektlariga 1,20 trillion so’mga teng miqdorda loyihalar moliyalashtirildi, 170 mlrd. so'mdan ortiq 5 ming chakana kreditlar ajratildi.

Bank tomonidan milliy to’lov tizimi 6 ming plastik kartalari chiqarildi, mamlakat bo'yicha 30 dan ortiq bankomatlar o'rnatildi. Mijozlarga Halyk (Qozog'iston, Rossiya, Gruziya, Qirg'iziston va Tojikiston) guruhi doirasida xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun juda qulay tariflar taklif etiladi. Taklif etilayotgan bank mahsulotlari ro'yxatini kengaytirish va takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Har bir mijozning qulayligi uchun bank o'zining birinchi mobil ilovasini - "Tenge Lite" ni ishga tushirdi. Endi bankdan olingan kreditlar bo’yicha to'lovlarni amalga oshirish, kartadan kartaga pul o'tkazish, kredit olish uchun ariza yuborish va boshqa xizmatlardan uy yoki ofisdan chiqmasdan foydalanish mumkin. Ilovani Play Market va App Store da yuklab olish mumkin.

Bank tomonidan zamonaviy texnologiyalarni kiritish, jarayon va xizmatlarni avtomatlashtirish, masofaviy savdo kanallarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ushbu yo'nalishlarda bir qator yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda, ularning amalga oshirilishi tez orada har bir mijoz uchun xizmatlarning qulayligi, tezkorligi va ishonchliligini oshiradi.

"Tenge Bank" ATB har bir mijozini qadrlaydi va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati bo'yicha uzluksiz ishlaydi! Biz har biringizga ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz va sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz! Bankning ikki yilligi munosabati bilan sizga kichik biznes korxonalari uchun 5 mlrd.so'mgacha (470 ming AQSh dollarigacha) kredit ajratish haqida xabar beramiz. Siz soddalashtirilgan hujjatlar to'plamini to'plab, qisqa vaqt ichida kredit olishingiz mumkin.

Tenge Bank! Yorqinroq yashang!

***

“Tenge Bank” ATB - zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda korporativ va chakana mijozlarning barcha toifalariga moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi universal bank. Bank "Qozog'iston Xalq banki" AJ (Halyk Bank) ning 100% sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ofis quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahar, 100007, Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi, uy 66. Murojaat uchun telefon: 1245, info@tengebank.uz, Facebook: tengebank.uz, Telegram: tengebankuz.

“Qozog'iston Xalq banki” АJ - Markaziy Osiyoning eng yirik tijorat banki bo'lib, bozorda 95 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha mamlakatda yetakchilik qilmoqda. Bank Halyk guruhiga kiradi va o'z mijozlariga keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi (bank xizmatlar, sug'urta, lizing, broker xizmatlari va aktivlarni boshqarish,inkassatsiya va boshqalar). Bank, shuningdek, Rossiya, Gruziya, Qirg'iziston, Tojikiston va yaqinda O'zbekistondagi sho'ba korxonalar orqali o'z operatsiyalarini amalga oshirmoqda.