Matbuot xizmati
Buxoroda Tenge Bank’ning yangi ofisi ochildi va jonli efirda avtomobil g’olibi aniqlandi
21-iyul kuni Buxoroda Tenge Bankning yangi Bank xizmatlari markazi tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Yangi ofis ishga tushirilishi munosabati bilan Bank mehmonlar uchun taqdimot o’tkazdi, hamda “NEXIA 3” g’olibini jonli efirda aniqlash orqali “Avtomobil sovg’aga” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi.
Tadbirda “Tenge Bank” Boshqaruv Raisi Talgat Ayupov, viloyat ma’muriyati, markaziy bank va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi. Marosimning faxriy mehmonlari sifatida MasterCard’ning Markaziy Osiyodagi hududiy ofisining rahbari Rafal Trepka va Buxoro viloyati hokimining birinchi o’rinbosari Nozimjon Xolmurodov ishtirok etishdi.
Tenge Bank aksiyadorlik tijorat bankining yangi bo’limi ochilishi uning hududiy ishtirokini kengaytirish, biznes va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash konsepsiyasini amalga oshirish natijasidir.
Yangi keng va zamoniy ofisda yuridik shaxslar o’z biznesini kengaytirish va modernizatsiya qilish hamda aylanma mablag’larni to’ldirish uchun kreditlar olish, eksport-import amaliyotlari, hisob-kitob va kassa xizmatlarini amalga oshirish kabi imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Uy xo’jaliklari uy va xonadonlar, avtomobillar va boshqa iste’mol ehtiyojlari uchun kredit olishlari mumkin bo’ladi.
Tadbir so’ngida hamkor “Poytaxt Avtosavdo” ko’magida taqdim etilgan “NEXIA 3” rusumli avtomobil g’olibini aniqlash jarayoni bo’lib o’tdi.
Bu aksiyada Tenge24 mobil ilovasida identifikatsiyadan o’tgan va MasterCard kartasidan o’tkazma amalga oshirgan mijozlar ishtirok etdi. Jonli efirda tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlangan g’olib, ishtirokchilar ro’yxatida 185 raqam ostidagi Renat Burnashev bo’ldi.
Tenge Bank xizmatlarini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo’lib, tez orada Tenge24 ilovasida onlayn mikroqarzlar va bankka tashrif buyurmasdan avtokredit olish imkonini beruvchi raqamli avtokredit ishga tushirilishi bo’ladi.
Tadbir yakunida MasterCard vakili Rafal Trepka yangi “Omadli shopping” aksiyasini e’lon qildi, unda 2022-yilning 31-dekabriga qadar faol MasterCard karta foydalanuvchilari o’rtasida har hafta 4 ta smartfon o’ynaladi.
"Tenge Bank" ATB universal bank bo'lib, zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank "Qozog'iston Xalq banki" OAJ (Halyk Bank) ning sho'ba korxonasi hisoblanadi.
АО «Народный банк Казахстана» является одной из крупных финансовых групп и одним из ведущих розничных банков в Центральной Азии с широкой базой клиентов и сетью распространения. Банк предлагает полный спектр услуг (банковские услуги по страхованию, лизингу, брокерские и услуги управления активами) своим розничным клиентам, клиентам малого и среднего бизнеса и корпоративным клиентам. Банк также осуществляет операции в России, Грузии, Кыргызстане, Таджикистане и Узбекистане.
“Qozog’iston Xalq banki” OAJ keng mijozlar bazasiga va filiallar tarmog’iga ega bo’lib, Markaziy Osiyoning eng yirik moliyaviy guruhlari va yetakchi chakana banklaridan biri hisoblanadi. Bank o’zining chakana, kichik va o’rta biznes hamda korporativ mijozlariga turli toifadagi xizmatlarni (sug’urtalash, lizing, brokerlik va aktivlarni boshqarish bo'yicha bank xizmatlari) taklif etadi. Bank Rossiya, Gruziya, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonda faoliyat yuritadi.
Tenge Bank’ning Buxorodagi bo’limining manzili: T.Farog’iy ko’chasi, 6-mikrotuman.
Ish tartibi 9:00-18:00.
Telefon: 1245.
E-mail: info@tengebank.uz
Sayt: tengebank.uz
Facebook: fb.com/tengebank.uz
Instagram: @tengebankuz
Telegram: t.me/Tengebankuz