Matbuot xizmati
ATB "Tenge Bank" - Toshkent shahri yashil fondining saqlanib qolishi tarafdori
03 mart 2020 yil, Toshkent – ATB "Tenge Bank" Toshkent shahar Hokimiyati qoshidagi «Mirzo Ulug’bek Business city» tadbirkorlik markazining hududida Bankning ma’muriy binosini qurishni rejalashtirmoqda. Shu borada, Bankka daraxtlar va butalarning, shu jumladan, ularni ko’chirib boshqa joyga ekish yo’li bilan saqlab qolinishini ta’minlash topshirilgan.
- Tenge Bank, ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli investor sifatida, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida, belgilangan tartibga qat’iy tarzda muvofiq ish tutadi. Qurilish davomida biz Toshkent shahrining yashil fondiga nisbatan maksimal darajada ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lamiz. Katta e’tibor daraxtlar va butalarni ko’chirib boshqa joyga ekishga qaratiladi. – deb ta’kidladi Bankning Boshqaruv Raisi Aslan Talpakov, - Biz Qozog’istondagi eng yirik moliyaviy Guruh «Halyk» ni O’zbekiston Respublikasida taqdim etayotgan jiddiy, ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli investor bo’lib, bizning ortimizdan Qozog’istonlik kompaniyalar va investisiyalar kirib kelmoqda. Shu sababdan, O’zbekiston poytaxtining ekologik tomonlama gullab-yashnashining tarafdori bo’lganimiz uchun, biz shahar Hokimiyati tomonidan ajratilgan hududda zarur bo’lgan daraxtlar miqdorini ekishga tayyormiz.
***
ATB “Tenge Bank” - zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda korporativ va chakana mijozlarning barcha toifalariga moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi universal bank. Bank "Qozog'iston Xalq banki" AJ (Halyk Bank) ning 100% sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ofis quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahar, 100007, Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi, uy 66. Murojaat uchun telefon: +998(78) 1209790, info@tengebank.uz, Facebook: tengebank.uz, Telegram: tengebankuz.
АJ “Qozog'iston Xalq banki” - Markaziy osiyoning eng yirik tijorat banki bo'lib, bozorda 95 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha mamlakatda yetakchilik qilmoqda. Bank Halyk guruhiga kiradi va o'z mijozlariga keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi (bank xizmatlar, sug'urta, lizing, broker xizmatlari va уaktivlarni boshqarish,inkassatsiya va boshqalar). Bank, shuningdek, Rossiya, Gruziya, Qirg'iziston, Tojikiston va yaqinda O'zbekistonga o'z operatsiyalarini amalga oshirmoqda.