Yangilanish sanasi: 11.05.2020, 11:17

Matbuot xizmati

ATB “Tenge Bank” Ustav kapitalini qo'shimcha oshirishni amalga oshirdi

28.04.2020

2020 yil 28 aprel, Toshkent - Qozog'iston Xalq bankining sho'ba korxonasi – “Tenge Bank” Aktsiyadorlik tijorat banki (“Tenge Bank” ATB) Ustav kapitalini qo'shimcha oshirishni amalga oshirdi.

O'rta muddatli Rivojlanish strategiyasiga binoan, keng ko'lamli bank xizmatlarini taqdim etish qobiliyatini oshirish maqsadida, 2020 yil aprel oyida bank Ustav kapitalini 222,8 mlrd. so'mga oshirdi. Endilikda umumiy ustav kapitali 340,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

“Ushbu tadbir aktsiyadorimizning O'zbekistonda bank biznesini rivojlantirishga qiziqishi yuqori ekanligidan dalolat beradi», - dedi bank boshqaruvi raisi Aslan Talpakov. «Kapitalning ko'payishi mijozlar bazasini kengaytirishga va chakana savdo va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning istiqbolli yo'nalishlarida bankning yanada o'sishiga yordam beradi”

***

ATB “Tenge Bank” - zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda korporativ va chakana mijozlarning barcha toifalariga moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi universal bank. Bank "Qozog'iston Xalq banki" AJ (Halyk Bank) ning 100% sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ofis quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahar, 100007, Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi, uy 66. Murojaat uchun telefon: +998(78) 1209790, info@tengebank.uz, Facebook: tengebank.uz, Telegram: tengebankuz.

 АJ “Qozog'iston Xalq banki” - Markaziy osiyoning eng yirik tijorat banki bo'lib, bozorda 95 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha mamlakatda yetakchilik qilmoqda. Bank Halyk guruhiga kiradi va o'z mijozlariga keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi (bank xizmatlar, sug'urta, lizing, broker xizmatlari va уaktivlarni boshqarish,inkassatsiya va boshqalar). Bank, shuningdek, Rossiya, Gruziya, Qirg'iziston, Tojikiston va yaqinda O'zbekistonga o'z operatsiyalarini amalga oshirmoqda.