Yangilanish sanasi: 18.08.2020, 11:12

Matbuot xizmati

ATB "Tenge Bank" O'zbekistondagi bank tizimida muvaffaqiyatli faoliyatining bir yilligini nishonlamoqda!

18.05.2020

2020 yil 18 may, Toshkent - 2020 yil 18 may "Tenge Bank" ATB o'zining birinchi tug'ilgan kunini nishonladi! O'zbekistondagi faoliyatining birinchi yilida bank o`zining birinchi va juda muhim mijozlar va hamkorlariga ega boldi. Shu vaqt ichida biz mijozlarimiz va hamkorlarimiz bilan samarali, halol va ochiq hamkorlikni o'rnatishga, qo'yilgan barcha maqsadlarga erishishga, yanada takomillashtirish va rivojlantirish yo'llarini aniqlashga muvaffaq bo'ldik.

Birinchi bosqichda Bank yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatishni boshladi, SWIFT tizimi orqali hisob-kitob va kassa operatsiyalarini, xalqaro to'lovlarni amalga oshirishni yo`lga qo`ydi, yuridik shaxslarga milliy va xorijiy valyutalarda kredit berishni boshladi. Iqtisodiyotning turli sohalaridagi 200 dan ortiq korxonalar bank mijoziga aylandi. Yuridik shaxslar uchun Internet-banking ulandi, bu korporativ mijozlar va tadbirkorlarga maksimal darajada qulaylik yaratish uchun bir qator ilg'or xizmatlarni taqdim etdi.

Bank yuqori talabni ko`rgan holda, o'z mijozlariga O'zbekistondan Qozog'istonga to'g'ridan-to'g'ri va tezkor to'lovlarni taklif qildi. Shuningdek, yuridik shaxslar to'g'ridan-to'g'ri qozoq tengenasini sotib olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Bank Uzcard va Humo to'lov tizimlari kartalarini chiqarish, savdo nuqtalarida POS terminallarni o'rnatish bo'yicha faol ish olib bordi. Qisqa vaqt ichida VISA xalqaro to'lov tizimini chiqarish va sotib olish uchun litsenziya olindi. Yaqin kelajakda ushbu to'lov tizimining kartalarini chiqarish rejalashtirilgan. Shu bilan birgalikda, "Zolotaya Korona" xalqaro pul o'tkazmalari xizmati yo'lga qo'yildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir qator omonat turlari ishlab chiqildi. Shuningdek, o'tgan yilning noyabr oyi oxirida chakana kreditlash, ya'ni mikrokreditlar, iste'mol kreditlari, avtoulov kreditlari va ipoteka kreditlari berildi, zamonaviy skoring va BPM yechimlaridan foydalangan holda kreditlash jarayonini maksimal darajada avtomatlashtirilishni davom etmoqda. Ya`ni yaqin kelajakda bank kredit berish muddatini bir necha kundan bir necha daqiqagacha qisqartirishni rejalashtirmoqda.

O'rta muddatli rivojlanish strategiyasiga binoan, keng ko'lamli bank xizmatlarini taqdim etish qobiliyatini oshirish maqsadida, 2020 yil aprel oyida bank ustav kapitali miqdorini 222,8 mlrd. So'mga oshirdi va hozirda 340,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

- Ushbu olib borilayotgan islohotlar  aktsiyadorimizning O'zbekistonda bank tizimida rivojlantirishga qiziqishi yuqori ekanligidan dalolat beradi, - dedi Boshqaruv raisi Aslan Talpakov. "Kapitalning o'sishi mijozlar bazasining kengayishiga va bankning chakana savdo va KO'B ni moliyalashtirishning istiqbolli yo'nalishlarida o'sishiga yordam beradi."

Bank Respublika shaharlarida o'z ishtirokini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Joriy yilning II va III choraklarida Samarqand va Farg'onada filiallar ochilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Bank 2020 yil oxiriga qadar Toshkent shahrida 5 ta savdo nuqtalarini ochishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Koronavirus infektsiyasining tarqalishi va karantin rejimining joriy etilishi bilan bog'liq hozirgi vaziyat masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish zarurligini yana bir bor namoyish etdi. Bank xorijiy vendorlar bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng doiradagi funktsional imkoniyatlarga ega mobil ilovalarni ishlab chiqmoqda, ular yaqin kelajakda bozorga chiqariladi.

Tenge Bank rahbariyati xodimlarning malakasiga alohida e'tibor beradi, chunki bu munosib imijni ta'minlash uchun asosdir. Bank eng faol, g'ayratli va yosh mutaxassislarni to'plamoqda, IT, plastik va chakana menejment bo'yicha xodimlarni yollashda davom etmoqda. Shuningdek, barcha xodimlar "Qozog'iston Halq banki" AJ markaziy ofisida malaka oshirib qaytmoqdalar.

O'zbekistonda ish boshlaganini birinchi yilini nishonlagan Tenge Bank  barcha mijozlar va hamkorlarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga doyimiy muvaffaqiyat va farovonlik tilaydi! 

Ushbu voqea sharafiga, bank jismoniy shaxslar uchun,18.05.2020 dan 31.08.2020 gacha «Drive» deb nomlangan avto kreditlash aksiyasi boshlanganligi to'g'risida e'lon qiladi. Yillik  foiz stavkasi  23%, kredit muddati  3 yilgacha.