Yangilanish sanasi: 20.05.2021, 10:36

Matbuot xizmati

Tenge Bank Farg’onada filial ochdi

25.11.2020

2020-yil 25-noyabr, Toshkent – Mana, bir yildan ko’proq vaqt mobaynida “Tenge Bank” Aksiyadorlik Tijorat Banki O’zbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi bank xizmatlarini ko’rsatib, mijozlar bazasini kengaytirib va ishlovchi aholining tashabbusini qo’llab-quvvatlagan holda o’z faoliyatini yuritmoqda, Masofaviy xizmat ko’rsatish shartlari mavjud bo’lgan bank xizmatlariga so’rovni o’rganib chiqqan holda, “Tenge Bank” ATB o’z ufqini kengaytirishni, viloyatlarda yashovchilarga yengillashtirilgan xizmat ko’rsatish modelini imkonini yaratishni qaror qildi.

2020-yil 25-noyabr kuni "Tenge Bank" ATB Farg'ona shahar markazidagi barcha mijozlar uchun o'z eshiklarini ochdi va shu bilan O'zbekiston hududlarida mavjudlik darajasini oshirdi. "Tenge Bank" ATB xalqaro standartlar darajasida xizmat ko'rsatishga, tadbirkorlar loyihalarini qo'llab-quvvatlashga, shuningdek, konstruktiv hamkorlikni yo'lga qo'yishga doimiy intilish Farg'onada filial ochish foydasiga asosiy omil hisoblanadi. Shu bilan birga, bankning asosiy qadriyatlari mijozlarga yo'naltirilgan, ishonchlilik, mas'uliyat va yetakchilik hisoblanadi.

Farg’ona filiali mijozlarga tadbirkorlar uchun kreditlar, mikroqarzlar, avtokreditlar, ipoteka kreditlarni, pul o’tkazmalari, Uzcard va HUMO kartalari taklif etadi.

Shuni ham ta'kidlash joizki, yaqinda "Tenge Bank" AKB o'zining birinchi Tenge Lite masofaviy xizmat dasturini ishga tushirdi. Endi bankdan olingan kreditlarni to'lash uchun to'lovlarni amalga oshirish, kartadan kartaga pul o'tkazish, kredit olish uchun ariza yuborish va yana ko'p narsalar osonroq va qulayroq bo'ldi. Ilovani Play Market va App Store-da yuklab olishingiz mumkin.

Filial manzili: Farg'ona shahri, Unniversitet ko'chasi, 39, telefon: +998712038899, sayt: www.tengebank.uz.

***

"ATB Tenge Bank" universal bank bo'lib, zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank "Qozog'iston Xalq banki" OAJning 100 foizli sho'ba korxonasi hisoblanadi. Ofis quyidagi adres bo’yicha joylashgan: Toshkent shahri, 100007, Yashnobod tumani, Parkent ko’chasi, 66. Telefon: +998(71) 2038899, info@tengebank.uz, Facebook: tengebank.uz, Telegram: tengebankuz.

АJ “Qozog'iston Xalq Banki” - Markaziy Osiyoning eng yirik tijorat banki bo'lib, bozorda 95 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha mamlakatda yetakchilik qilmoqda. Bank Halyk guruhiga kiradi va o'z mijozlariga keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi (bank xizmatlar, sug'urta, lizing, broker xizmatlari va aktivlarni boshqarish, inkassatsiya va boshqalar). Bank, shuningdek, Rossiya, Gruziya, Qirg'iziston, Tojikiston va yaqinda O'zbekistonga o'z operatsiyalarini amalga oshirmoqda.