Matbuot xizmati
Ma’lumot!
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining koll-markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati xususiy agentliklar tomonidan reyting baholashdan o‘tkazilmoqda. Baholash aloqa mavjudligi, maslahat berish sifati, muloqot madaniyati hamda boshqa ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilamizki, “Tenge Bank” ATBning aloqa raqamlari, jumladan: Kontakt-markaz (1245), axborot xizmati raqami (+998 71 200 12 45), Ishonch telefoni (+998 71 203 00 65) - odatiy ish tartibida faoliyat yuritmoqda.
Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahatlar, zarur ma’lumotlarni olish uchun mijozlar (bank xizmatlari iste’molchilari) ko‘rsatilgan aloqa raqamlari orqali “Tenge Bank” ATBga murojaat qilishlari mumkin.