SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

04.05.2026

TengeSoft bot — yangi xizmat ishga tushirilgani haqida

Hurmatli mijozlar!

ATB «Tenge Bank» kredit majburiyatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan mijozlar uchun mo‘ljallangan yangi raqamli xizmat — TengeSoft bot ishga tushirilganini ma’lum qiladi.

Mazkur xizmat mijozlarga qulaylik yaratish hamda Bank bilan tezkor aloqani ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

TengeSoft bot orqali siz:

  • kreditni to‘lash usullari bilan tanishishingiz;
  • operator bilan qayta aloqa xizmatidan foydalanishingiz;
  • o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ushbu xizmatning ishga tushirilishi Bankning raqamli xizmatlarni rivojlantirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Yangiliklarni Bankning rasmiy sahifalarida kuzatib boring.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1245 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.