Yangilanish sanasi: 05.08.2026, 12:42
Matbuot xizmati
05.08.2026
Bank xizmatlari yangilanmoqda
8-avgust kuni soat 07:00 dan 20:00 gacha ayrim operatsiyalar vaqtincha ishlamaydi
Bank tizimlarini SWIFT ISO 20022 xalqaro standartiga mos ravishda yangilamoqdamiz. Bu mijozlarga yanada ishonchli, tezkor va qulay xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Texnik ishlar davomida depozit va kredit operatsiyalari, hisobvaraqlar va omonatlar ochish, shuningdek, valyuta ayirboshlash xizmatlari vaqtincha ishlamaydi. P2P o‘tkazmalari, karta operatsiyalari va naqd pul yechish xizmatlari odatdagidek ishlaydi. Vaqtincha yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Tushunganingiz uchun rahmat!