Matbuot xizmati
Tenge Bank ayirboshlash shoxobchalari har kuni, dam olish kunlarisiz ishlaydi
Hurmatli mijozlar!
Shuni ma’lum qilamizki, Tenge Bank AJning Buxoro va Farg‘ona BXMlari, Toshkent shahridagi avtosalonlarda, shuningdek, «Toshkent» BXM hududida joylashgan ayirboshlash shoxobchalari har kuni, dam olish kunlarisiz mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.
Endilikda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini dam olish kunlarida ham o‘zingizga qulay vaqtda amalga oshirishingiz mumkin.
E’tiboringizga havola qilamizki, ayirboshlash shoxobchalarining ish vaqti har bir shoxobchaga qarab farq qilishi mumkin. Ayirboshlash shoxobchalarining joylashuvi va ish vaqti haqidagi dolzarb ma’lumotlarni Tenge Bankning rasmiy veb-saytida ko‘rishingiz mumkin.
Sizni mamnuniyat bilan kutib qolamiz!