Matbuot xizmati
«Tenge Travel: chegirmali birinchi sayohat» aksiyasi boshlanishi haqida
Hurmatli mijozlar!
Sizga 2026-yil 1-noyabrdan boshlab «Tenge Travel: chegirmali birinchi sayohat» aksiyasi boshlanishini ma’lum qilamiz.
Aksiyada «Tenge Bank» ATB mijozlari ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun mijozlar Tenge24 mobil ilovasida identifikatsiyadan o‘tgan bo‘lishlari hamda Tenge Travel bo‘limi orqali Tenge Bank bank kartasidan foydalangan holda temir yo‘l chiptalarini xarid qilishlari lozim.
Chegirma miqdori: birinchi temir yo‘l chiptasi narxining 25 foizi, biroq 100 000 so‘mdan oshmagan miqdorda.
Aksiya muddati: 2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha.
Chegirma aksiya davrida amalga oshirilgan birinchi muvaffaqiyatli temir yo‘l chiptasi xaridi uchun taqdim etiladi. Har bir ishtirokchi chegirmadan faqat bir marta foydalanishi mumkin.
Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Chiptalarni qaytarish
Temir yo‘l chiptasini qaytarishda hamkor yoki tashuvchi tomonidan ushlab qolish qo‘llanilishi mumkin.
Ushlab qolinadigan summa chiptani qaytarish shartlariga, jumladan, poyezd jo‘nashiga qolgan vaqtga bog‘liq bo‘lib, qaytarish rasmiylashtirilayotgan vaqtda hamkor tomonidan belgilanadi.
Shu sababli, qaytariladigan summa chiptani qaytarish uchun ariza berilgan vaqtga qarab farq qilishi mumkin.
Chiptani qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilishda ushbu holatni inobatga olishingizni tavsiya qilamiz.
Qaytarish shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni 1245 raqami orqali Tenge Bank Aloqa markazidan olishingiz mumkin.