SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi
O'zb
Kirish
Kirish
Jismoniy shaxslar uchun
Jismoniy shaxslar uchun mobil ilova
Bank xizmatlaridan xavfsiz va qulay foydalanish uchun "Tenge24" mobil ilovasini yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va foydalaning.
Yuridik shaxslar uchun
Biznes uchun banking
Biznesingiz uchun onlayn banking

Aksiyalar

01.11.2026

Tenge Bank Uzcard karta egalari uchun 18 ta sovrinli o‘yin

«Tenge Bank» » ATBning Uzcard bilan hamkorlikda Uzcard’ning Private, Salary va Moment kartalari egalari o‘rtasida aksiya o‘tkazmoqda.

Aksiya o‘tkazilish davri: 2026-yil 1-noyabrdan 20-dekabrgacha (shu kun ham kiradi).

Aksiyada ishtirok etish uchun 50 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda xaridlarni amalga oshirish yoki P2P o‘tkazmalarini bajarish lozim. Har bir mos keluvchi operatsiya uchun yutuqni qo‘lga kiritish imkonini beruvchi 1 ta imkoniyat taqdim etiladi. Yangi karta ochganlik uchun qo‘shimcha imkoniyat beriladi, yangi va «faol bo‘lmagan» kartalar uchun esa imkoniyatlar soni ikki baravar oshiriladi.

Sovrinlar jamg‘armasi — 18 ta qimmatbaho sovrin:

  • 1 ta iPhone 18 Pro Max;

  • 3 ta iPhone 18 Pro;

  • 6 ta Apple Watch SE 3;

  • 8 ta AirPods Pro 3.

Sovrinlar o‘yini 2026-yil 4, 11, 18 va 25-dekabr kunlari tasodifiy sonlar generatoridan foydalangan holda jonli efirda o‘tkaziladi.

G‘oliblar jonli efir davomida e’lon qilinadi va Bank tomonidan qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi. Sovrinlar АКБ «Tenge Bank» Bosh ofisida topshiriladi.

Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1245 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.