SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Kreditni muddatidan avval so’ndirish

Komissiyasiz kreditni muddatidan avval so'ndirish

Ko'pincha, bank Qarz oluvchilari kredit to'lash jadvaliga o'rganib qolishadi va qarzni o'z vaqtida to'lashga intilishadi. Ammo ba'zida kreditni muddatidan avval to'lash uchun ortiqcha mablag' mavjud bo'ladi. Ushbu jarayon kreditni muddatidan avval so'ndirish deb nomlanadi. 

Hurmatli mijoz! 

  • Kreditni muddatidan avval so'ndirishda barcha mablag'lar asosiy qarzga yo'naltiriladi. Bunda joriy foizlar so'ndirilmagan bo'ladi. Kredit bo'yicha foizlarni o'z vaqtida to'lashingizni so'raymiz;
  • Kredit bo’yicha kechiktirilgan qarz (asosiy qarz va foizlar) bo’lsakredit bo’yicha asosiy qarzni muddatidan avval qisman so’ndirish mumkin emasligi haqida xabar beramiz;
  • Sizdan asosiy qarzni muddatidan avval qisman so’ndirishning aniq summasini ko’rsatishingizni so’raymiz, agar sizning hisobvarag’ingizda ko'rsatilgan summani so’ndirishga yetarlicha mablag’ bo’lmasa, ushbu ariza bajarilmaydi.


Eslatib o’tamiz, asosiy qarzni muddatidan avval qisman so’ndirishda, hisoblangan foizlarning aniq summasi taqdim etilishi uchun, to’lovning keyingi sanasi kelganda, foizlar asosiy qarzning haqiqiy qoldig’iga hisoblanishi tufayli, Bankning Menejeriga yoki Aloqa markaziga 1245 raqami orqali maslahat uchun murojaat qilishingizni so’raymiz.

Qanday qilib asosoiy qarzni muddatidan avval so'ndirish mumkin?

1

Tenge24 mobil ilovasini yuklab oling

2

Raqamli identifikatsiyadan o'ting

3

"Muddatidan avval so'ndirish" ni tanlab kredit uchun to'lov amalga oshiring