SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Omonatlarni kafolatlash

Jismoniy shaxslarning "Tenge Bank" ATBga joylashtirilgan barcha omonatlari majburiy kafolat obyekti hisoblanadi

"Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to'g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq endilikda davlat tomonidan kafolatlangan omonat miqdori bir bankda bir omonatchiga 200 mln so'mni tashkil etadi. Bu talab bankka qo'yiladigan yangi omonatlarga nisbatan qo'llaniladi. Agar Sizning banklarda yangi qonun kuchga kirgunga qadar qo'ygan muddatli yoki jamg'arma omonatingiz bo'lsa, omonatlaringiz miqdoridan qat'i nazar to'liq kafolatlanadi.

Agarda pulingiz 200 mln so'mdan kam miqdorni tashkil etadigan bo'lsa, unda omonatingiz davlat tomonidan to'liq miqdorda kafolatlanadi

Yana bir yangilik, endilikda faqat aholining emas, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek banklardagi yuridik shaxslarning omonatlarini kafolatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Omonat miqdoringiz 200 mln so'mdan oshsa, qanday kafolatlanadi

  • Shuni aytish kerakki, kafolatlangan omonat miqdori 200 mln so'mni tashkil etadi degani, bankka undan ko'proq pul qo'yish mumkin emasligini anglatmaydi. Aksincha pullarni bankda saqlash, ularni uyda saqlashdan ancha xavfsiz va manfaatli. Omonatni bu miqdorda kafolatlash esa faqatgina bank tugatilgan taqdirdagina qo'llaniladi, aks holda banklar omonatlar bo'yicha o'z majburiyatlarini shartnoma asosida bajaraveradi. 
  • Kompensatsiya to'lab berish muddatlariga to'xtaladigan bo'lsak: yangi qonun qabul qilinguncha omonatlarni qaytarib berishni boshlash muddati 83 kunni tashkil etgan, endi esa bu muddat 20 ish kunni tashkil etadi va bosqichma bosqich 7 ish kuniga qisqartiriladi. Bu degani Agentlik kompensatsiyani to'lab berishni boshlashi uchun unga eng uzog'i bilan 20 ish kuni beriladi, zarur tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, Agentlik ushbu muddatdan ham oldin to'lab berishi mumkin bo'ladi.
  • Agarda siz kompensatsiya to'lab berish uchun belgilangan muddat ichida o'z mablag'laringizni qaytarib olishga ulgurmagan bo'lsangiz ham xavotirga o'rin qolmaydi, ya'ni o'z pullaringizni Agentlikdan istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin bo'ladi.


Qonun bilan havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Ko'p beriladigan savollar

Qonunga muvofiq kimlarning omonatlari kafolatlanadi?

O'zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida» gi Qonuniga muvofiq jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning davlat banklaridagi omonatlarini kafolatlash tartibi va mexanizmlarini tartibga solinadi.

Qanday omonatlar kafolatlanmaydi?

Qonunga muvofiq quyidagilar kafolat obyektlari hisoblanmaydi:

  • banklar, nobank kredit tashkilotlari, lizing tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, investitsiya va pay fondlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatning vakolatli organining tegishli litsenziyasi yoki ruxsatnomasi asosida faoliyat yuritayotgan yoxud vakolatli organlarning bildirishnomasiga muvofiq faoliyat yurituvchi boshqa moliya tashkilotlarining omonatlari;
  • davlat tashkilotlari va korxonalari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi yoki chet el davlat organlarining omonatlari;
  • bankka aloqador shaxslarning omonatlari, bank boshqaruvi a’zolari va asosiy xodimlarining oxirgi 3 oydagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan oshmaydigan omonatlari bundan mustasno;
  • xorijda ochilgan sho‘ba banklar yoki bank filiallaridagi omonatlar;
  • shaxsiy pensiya jamg'arma hisobvaraqlarida to'plangan mablag'lar;
  •  jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishterrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog'liq faoliyatdan olingan mablag'lar, bu qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan tasdiqlangan.
Qanday omonatlar kafolatlanadi?

- Qonunga muvofiq bankga joylashtirilgan jismoniy shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek, yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi va xorijiy valyutadagi omonatlari kafolat obyektlari hisoblanadi.

- Kafolat obyektini aniqlashda quyidagilar omonat hisoblanadi:

  • bank omonati shartnomasi yoki bank hisobvarag'i shartnomasiga muvofiq bankka kiritilgan mablag'lar qoldig'i, shu jumladan shartnomaning tegishli shartlari bajarilgunga qadar alohida hisobvaraqlarda saqlangan ("Escrow" xizmati), shuningdek omonat sertifikati bilan tasdiqlangan.
  • bank omonati shartnomasi yoki bank hisobvarag'i shartnomasi bo'yicha foizlar qoldig'i, agar ularni hisoblash ushbu shartnomalarda nazarda tutilgan bo'lsa, hisoblangan, ammo kafolat hodisasi sodir bo'lgunga qadar to'lanmagan, shuningdek omonat (depozit) sertifikatida ko'rsatilgan hisoblangan, ammo to'lanmagan foizlar qoldig'i. 

Nima omonat sifatida hisoblanmaydi?

  • banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bankning tartibga soluvchi kapitaliga kiritilgan aksiyalar va boshqa vositalar
  • bank tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qog'ozlari (ta'minlangan va ta'minlanmagan obligatsiyalar, veksellar)
  • bankning subordinatsiya qilingan qarz majburiyatlari;
  • bank seyflarida saqlanadigan pul mablag'lari
  • ixtiyoriy moliyaviy vositalar, jumladan, bank tomonidan chiqarilgan fyuchers, forvard shartnomalari, svop va optsionlar bo‘yicha kelib chiqadigan da’vo huquqi;
  • mulkni ishonchli boshqarish bo‘yicha bank faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan da’vo huquqi.

Banklardagi omonatlarni qaytarish qanday miqdorda kafolatlanadi?

Davlat tomonidan bitta bankda bitta omonatchiga to'lanadigan kompensatsiya miqdori:

  • agar uning hajmi 200 mln so'm yoki undan kam bo'lsa, kafolat obyekti qoldig'ining to'liq hajmi;
  • agar kafolat obyektining qoldig'i 200 mln so'mdan ortiq bo'lsa, 200 mln so'm.


Kafolat obyektlarining hajmi va valyutasidan qat'i nazar agar bitta bankdagi omonatchi bir nechta kafolat obyektlariga ega bo'lsa, ushbu obyektlar uchun to'lanadigan kompensatsiyaning umumiy miqdori yuqorida ko'rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.

Qanday hujjatlar asosida omonatlar uchun pulni qaytarib olish mumkin?

Omonatchilar o'z omonatlari bo'yicha kompensatsiya olish uchun murojaat qilganlarida, bank-agent omonatchining omonati borligini tasdiqlovchi hujjatlarni (bank omonat shartnomasi va(yoki) bank hisobvarag'i shartnomasi) va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganida ko'rsatilgan kompensatsiyani to'lashi shart.

Omonatchilarning huquqiy meroslari omonatlarni qaytarib olishlari mumkinmi?

Kompensatsiya qonun hujjatlariga muvofiq meros yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi barcha zarur tegishli hujjatlar taqdim etilganda merosxo'rlar va vorislar yoki ular vakolat bergan vakillarga to'lanadi.

O‘zbekistonda omonatlarni himoya qilish kafolatlari qaysi Qonunlar va Hukumat qarorlari asosida belgilanadi?

  • Omonatlarni himoya qilishning asosi Qonunchilik palatasi tomonidan 18.10.2024 yilda qabul qilingan va Senat tomonidan 24.01.2025 yilda tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 18.02.2025 yilda imzolangan "Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanadi.

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning o'zbеkiston rеspublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4057-son farmoni.

Omonatlarni kafolatlash tizimi va uning ishtirokchilari nima?

  • Omonatlarni kafolatlash tizimi - kafolat hodisasi yuzaga kelganda Agentlik tomonidan omonatchilarga kompensatsiya to‘lash orqali omonatchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
  • Omonatlarni kafolatlash tizimida Agentlik, banklar va kafolatlangan obyektlarning egalari ishtirok etadilar.
  • Bank, shu jumladan mikromoliyaviy bank va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan oraliq bank litsenziya berilgan paytdan boshlab omonatlarni kafolatlash tizimining ishtirokchisiga aylanadi.
  • Litsenziya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan bekor qilingan taqdirda bankning omonatlarni kafolatlash tizimidagi ishtiroki tugatiladi.

Omonatlarni kafolatlash agentligi likvidatsiya qilinayotgan bankdan kelib tushgan materiallarni qachon ko‘rib chiqadi va kompensatsiya to‘lash qachon boshlanadi?

Agentlik likvidatsiya qilinayotgan bankdan reyestr, ma’lumotlar va tegishli ma’lumotlar olingan kundan boshlab 2 ish kuni ichida:

1) Ommaviy axborot vositalarida va o'zining rasmiy veb-saytida kafolat da'vosining paydo bo'lishi to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qiladi, unda quyidagilar mavjud:

  • kompensatsiyani to'lash muddati, joyi va usuli
  • kompensatsiya olishdan oldin omonatchilar tomonidan bajarilishi kerak bo'lgan shartlar. 

2) Omonatchilarga kompensatsiya to'lash uchun Agentlikka taqdim etilgan reyestrda ularga tegishli ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. 


Agentlik likvidatsiya qilinayotgan bank omonatchilarining kamida to'rtdan uch qismini kompensatsiya olish imkoniyatini ta'minlashi shart

  • 01.01.2025 yildan boshlab kafolat hodisasi sodir bo'lgan kundan boshlab 20 ish kuni ichida;
  • 01.01.2026 yildan boshlab kafolat hodisasi sodir bo'lgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida;
  • 01.01.2027 yildan boshlab kafolat hodisasi sodir bo'lgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida;

To'lanmagan kafolatlangan omonatlar tegishli omonatchilarga tegishli bo'lib qoladi va istalgan vaqtda Agentlikdan talab qilinishi mumkin.

Qanday hollarda omonatlarni kafolatlash agentligi fuqarolarning omonatlari bo‘yicha kompensatsiya to‘lanishini kafolatlaydi?

Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani bekor qilingan taqdirda, banklardagi omonatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lanishini kafolatlaydi.

Banklar omonatning ma'lum bir qismini ushlab qolish huquqiga egami?

Agar kafolat hodisasi yuzaga kelgan sanada kafolat obyekti omonatchining likvidatsiya qilinayotgan bank oldidagi majburiyatini bajarilishini ta'minlash uchun garovga qo'yilgan bo'lsa va uning miqdori faqat ushbu majburiyatni bajarish uchun yetarli bo'lsa, kafolatlangan obyekt majburiyatni qoplash uchun yuboriladi.

Omonatlarni kafolatlash Agentligi xorijiy valyutasidagi omonatlar uchun kompensatsiyani qanday miqdorda va tartibda to‘laydi?

Xorijiy valyutada kafolatlangan omonat bo‘yicha kompensatsiya milliy valyutada belgilangan tartibda va miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kafolat hodisasi yuzaga kelgan kundagi (bank litsenziyasi bekor qilingan kundagi) kursi bo‘yicha to‘lanadi.

Nima asosida kompensatsiya to'lash to'xtatilishi yoki rad etilishi mumkin?

Agentlik tomonidan kompensatsiya to'lash to'xtatib turilishi uchun asoslar quyidagilardir:

  • Agentlik yoki bank-agentda kompensatsiya olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va (yoki) haqqoniyligiga shubha tug‘ilsa;
  • omonatchining talablari va likvidatsiya qilayotgan tomondan taqdim etilgan ma'lumotlar o'rtasida nomuvofiqlik mavjud bo'lsa;
  • kafolatlangan obyekt bo'yicha cheklovchi choralarning mavjudligi, shu jumladan hisobvaraqdagi mablag'larni olib qo'yish yoki muzlatish, hisobvaraq bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish;
  • kafolatlangan obyekt yuridik nizo predmeti bo‘lgan hollarda kompensatsiya to‘lashdan oldin Agentlikni xabardor qilish.


Kompensatsiya to'lashdan bosh tortish yoki to'langan tovonni qaytarishni talab qilish uchun quyidagilar asos bo'ladi:

  • kompensatsiya to'lash uchun qalbaki hujjatlar taqdim etilganini aniqlash;
  • omonatga kiritilgan mablag‘lar jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq faoliyatdan olinganligini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorining mavjudligi.

Omonatlarni kafolatlash Agentligiga da'vo huquqlari qanday tartibda o'tkaziladi?

  • Agentlik tomonidan kompensatsiya to'lanishidan qat'i nazar, kafolat hodisasi sodir bo'lgan sanada kafolat obyektlarining egalari bo'lgan omonatchilarni likvidatsita qilinayotgan bankka talab qilish huquqi kafolatlangan omonatlar miqdoriga teng miqdorda Agentlikka o'tkaziladi.
  • Omonatchilarning talab huquqlari Agentlikka o‘tishi kafolatlangan omonat miqdoridan ortiq bo‘lgan kafolatlangan obyekt bo‘yicha omonatchilarning likvidatsiya qilinayotgan bankka bo‘lgan talab huquqlarini bekor qilmaydi.
  • Omonatchilar likvidatsiya qilinayotgan bankdan omonatning kafolatlangan miqdoridan ortiq qismini bevosita talab qilishga haqli.