SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Yangi turarjoyga ipoteka

Аfzаlliklаr

15 yilgacha
15 yilgacha
boshlang'ich bаdаl 25% dan
boshlang'ich bаdаl 25% dan
oshirilgan limit
oshirilgan limit

Shartlar

Ustama va boshlang'ich to'lov
  • 25% boshlang'ich to'lov bilan - yillik 24,9%;
  • 50% boshlang'ich to'lov bilan - yillik 23,9%.
Maksimal miqdor820 000 000 so'mgacha
Muddat15 yilgacha
Valyutaso'm
Qarz oluvchijismoniy shaxslar – 21 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan O’zR fuqarolari/istiqomat qiluvchi, bunda 60 yosh – kredit muddatining oxirgi ish kuniga eng yuqori yosh chegarasi, oxirgi 6 oy ichida rasmiy daromadga va shahar/viloyatning “Tenge Bank” ATB ofislari joylashgan ma’muriy hududida doimiy ish joyiga ega (kamida 6 oy).
Kеchiktirilgаn аsоsiy qаrz uchun ustamaKredit foiz ustamasining 1.5 barobari miqdorida, krеdit bo’yichа kеchiktirilgаn qаrzdоrlikning qоldig’igа hisоblаnаdi
To’lаsh usuli*
  • differensial to'lov;
  • annuitet to'lov.

*Bank va Qarz oluvchining kelishuvi asosida belgilanadi

Zarur hujjatlar
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • dastlabki oldi-sotdi shartnomasi.

1. KTQ ni hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi toʻlovlari hisobga olinadi: 

  • asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlar;
  • bank foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar - agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit yoki qarz berilishi bunday toʻlovlarni amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa;
  • uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan quyidagi toʻlovlar:
    • sugʻurta tashkiloti foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar, agar sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi boʻlib bank hisoblansa;
    • qarz oluvchining majburiyatlari taʼminotiga qabul qilingan va garovga qoʻyuvchining ixtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilishda qarz oluvchi tomonidan sugʻurta tashkilotining foydasiga amalga oshirilgan toʻlovlar; 
    • qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlangan toʻlovlar;
    • mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit yoki qarz olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kredit yoki qarzlarni qoplash hisobiga bank mijozlaridan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini qabul qilish boʻyicha bankka xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan toʻlovlar.  Bank tomonidan KTQ koʻrsatkichining hisob-kitobi shartnoma muddati tugagunga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan barcha toʻlovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.  


2. KTQ hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:

  • qarz oluvchining uchinchi shaxslar foydasiga amalga oshiradigan toʻlovlari, mazkur Tartibning 1-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno;
  • qarz oluvchining shartnoma shartlarini bajarilmasligi bilan bogʻliq toʻlovlari, shu jumladan neustoyka va boshqa turdagi jarimalar.
  • bank plastik kartalaridan foydalangan holda berilgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha toʻlovlar, xususan:
    • valyuta hisobvaragʻidan (ajratilgan kredit valyutasidan) farqli oʻlaroq, boshqa valyutada amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha undirilgan komissiyalar;
    • bank kartasini chiqarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq komissiyalar;
    • kredit (qarz) summalarini bankomatlardan foydalangan holda naqd pulda olganligi uchun toʻlangan komissiyalar.


KTQni hisoblashda verguldan keyin bir belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi ikkinchi belgi "5" ga teng va undan yuqori boʻlsa, u holda ikkinchi belgi bir birlikka oshiriladi.  Masalan: KTQ koʻrsatkichi 18,66 ni tashkil qildi. U yaxlit qilib hisoblangach - 18,7 hosil boʻladi.

Har bir berilayotgan kreditning to'liq qiymati to'g'risidagi ma'lumot kredit shartnomalari tuzilgunga qadar Qarz oluvchilarga atroflicha tushuntiriladi.

Kredit kalkulyatori

Kredit turi
Kredit miqdori
Kredit muddati
Foiz ustamasi
Комиссия за организацию займа
Kredit turi
0 so'm
Oylik to'lov
0 %
Ustama
0 so'm
To'liq foizli to'lov
0 so'm
Kredit umumiy miqdori
*dastlabki hisob

Qanday rasmiylashtiriladi?

1

Eng ma'qul uyni tanlang

2

Narxini va sotib olish uchun yetishmayotgan miqdorni aniqlang

3

Ariza berish uchun bank bo'limiga murojaat qiling

Mаslаhаt оlishgа tеzkоr buyurtmа