Matbuot xizmati
Tenge Bank - Alta Moda hamkori: madaniyat, moda va madaniyatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash
Tenge Bank san’at, moda va xalqaro hamkorlikni birlashtiruvchi yirik tadbirning hamkoriga aylandi.
Biz madaniyat, innovatsiya va barqaror kelajak sari ilhom beruvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaymiz va yuksak modaning Toshkent bilan uchrashuvi bo‘lgan ushbu tarixiy voqeaning bir qismi bo‘lganimizdan faxrlanamiz.
9–11-oktyabr kunlari poytaxtda italiyalik dizaynerlarning yuksak moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Loyiha Gattinoni moda uyi faxriy prezidenti Stefano Dominella kuratorligida o‘tkazilmoqda va u defilelar, ko‘rgazma hamda art-performansni o‘z ichiga oladi.
Ishtirokchilar orasida quyidagi mashhur italyan dizaynerlari bor: Gilyermo Mariotto, Saman Loyra, Francheska Liberatore, Janfranko Fusko, Janpaolo Zukkarello, Antonio Marino hamda Modateca Deanna bilan hamkorlikda Kostyum va Moda Akademiyasi.
Tadbir doirasida mahalliy dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan — Azucar Moreno ishtiroki O‘zbekiston modasi va kreativ industriyasining rivojlanishida muhim ramzga aylandi.
Tadbir o‘tkaziladigan joylar — Navoi nomidagi Davlat Akademik Katta Teatri va Nest One osmono‘par binosining 41-qavati. Mehmonlar bu yerda “Italiya — bu moda” nomli ko‘rgazma va Federiko Fellinining “Shirin hayot” filmidagi Anitta Ekberg kiygan afsonaviy libosni tomosha qilishlari mumkin.
Toshkentdagi italyan yuksak modasi — bu Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamda biznes aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biridir.
Moda, san’at va innovatsiyalar — bu bizni birlashtiruvchi til.