Matbuot xizmati
HUMO kartalari endi Qozog‘istondagi Halyk Bank terminal tarmog‘ida qabul qilinadi
«Tenge Bank» ATB HUMO milliy to‘lov tizimi kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganini ma’lum qiladi.
Endilikda HUMO kartalari Qozog‘iston Respublikasining eng yirik banklaridan biri — Halyk Bank terminal tarmog‘ida to‘lov uchun qabul qilinadi. Bu O‘zbekiston fuqarolariga xalqaro bank kartasini rasmiylashtirmasdan turib, Qozog‘istondagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
HUMO kartalarini qabul qilish geografiyasining kengaytirilishi Qozog‘istonga sayyohlik, shaxsiy yoki xizmat safarlari bilan boruvchi Bank mijozlari uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
Tenge Bank mijozlari HUMO kartasi orqali O‘zbekiston hududida ham, Qozog‘iston Respublikasida ham tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni odatiy, qulay va xavfsiz to‘lov vositasidan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
«Tenge Bank» ATB raqamli va to‘lov yechimlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirib, hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish hamda mijozlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga intiladi.
Tenge Bank — moliyangiz chegaralarsiz.