Matbuot xizmati
“Tenge Bank” va “Didox” O‘zbekistonda biznes uchun BaaS-loyihasini ishga tushirdi
16-iyun kuni “Tenge Bank” va “Didox” hamkorlik shartnomasini imzoladi. Unga ko‘ra, “Didox” elektron hujjat aylanishi platformasi foydalanuvchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri platformaning o‘zida bank mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Hamkorlikning birinchi bosqichi yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) uchun onlayn-kreditlash tizimining yo‘lga qo‘yilishi bo‘ldi.
“Didox” platformasi ichida moliyalashtirish
Tadbirkorlar har kuni hujjatlarni boshqarish va kontragentlar bilan hamkorlik qilish uchun “Didox”dan foydalanadilar. Endilikda platformaning o‘zida “Tenge Bank”dan moliyalashtirish olish uchun ariza topshirish imkoniyati mavjud.
Tadbirkor mos bank mahsulotini izlash, turli servislarga o‘tish va qo‘shimcha harakatlarni bajarish o‘rniga, moliyalashtirish masalasini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zining kundalik faoliyati yuritiladigan platformada hal qilishi mumkin.
Bunday yondashuv biznesni rivojlantirish uchun ehtiyoj tug‘ilgan paytda zarur mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Banking as a Service: bank mijoz ishlayotgan joyda
Mazkur loyiha O‘zbekistonda Banking as a Service (BaaS) modelini amaliyotga joriy etishning yorqin namunasi bo‘ldi.
BaaS konsepsiyasi bank mahsulotlarini mijozlar allaqachon biznes yuritish uchun foydalanayotgan raqamli platformalarga integratsiya qilishni nazarda tutadi. Endilikda tadbirkor bankka alohida murojaat qilishi shart emas — u moliyaviy xizmatlardan bevosita o‘zining ish maydoni ichida foydalanishi mumkin.
Biznes uchun bu moliyalashtirishga tezroq erishish, operatsion jarayonlarni qisqartirish hamda zarur moliyaviy resurslarni olish uchun sarflanadigan vaqtni tejashni anglatadi.
Raqamli bank xizmatlari rivojlanishining yangi bosqichi
Tenge Bank va Didox hamkorligi moliyaviy xizmatlarni taqdim etishning yangi yondashuvini namoyish etmoqda. Ushbu yondashuvga ko‘ra, bank tadbirkorning raqamli ekotizimining ajralmas qismiga aylanadi.
Bunday model O‘zbekistonda raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi hamda banklar, texnologik platformalar va biznes o‘rtasidagi hamkorlikning yangi standartini shakllantiradi.